“ARTERIUM” KORPORATSIYASI
01032, Kiev sh, Saksaganskiy ko’ch., 139
tel: +38 044 490 75 22
faks: +38 044 490 75 17
“PHARMED LLC” (Gruziya) ning O'zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi
Toshkent sh., Mustaqillik ko'chasi, 59
tel: +998 71 237 51 53
faks: +998 71 237 51 54
“Arterium” Korporatsiyasi - bu eng muhim qadriyatlar - sog'liq va hayotni saqlash haqida qayg'uruvchi sohada faoliyat yuritadigan Ukraina farmatsevtika kompaniyalaridan biridir. “Arterium” korporatsiyasi, 2005- yilda tashkil etilgan bo'lib, bir yarim asrdan ko'proq dori vositalarini ishlab chiqarish an'analariga ega bo'lgan ikkita Ukraina korxonasi: "Kiyevmedpreparat" AJ va "Galichfarm" AJ ni birlashtiradi.
"Arterium" korporatsiyasining asosiy yo'nalishi - bu uzoq va samarali hayotni ta'minlash uchun zamonaviy samarali, xavfsiz va sifatli dori-darmonlarni joriy qilish.
Kompaniyaning mahsulot portfeli 14 farmakoterapevtik guruhning 11 tasida 140 dan ortiq generik va bir nechta o'ziga xos dori-darmonlarni o'z ichiga oladi. “Arterium” Korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi dori-darmonlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlarning samaradorligi va xavfsizligini tasdiqlash maqsadida 2007- yildan boshlab zarur klinik tadqiqotlarni, xususan, bio- va terapevtik ekvivalentlikni ta'minlashadi. Zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan dalillar bazasi kompaniyaning yangi dori vositalariga bo'lgan asosiy talabidir.
“Arterium” Korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi dori-darmon ishlab chiqaruvchi korxonalarning sifat boshqaruvi tizimlari DSTU ISO 14001: 2006 xalqaro ekologik boshqaruvi standartiga mos keladi. "Kiyevmedpreparat" AJ va "Galichfarm" AJ ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) standartlariga muvofiqlik sertifikatiga ega.